Yangiliklar

“Oʻzagrosanoatloyiha”ning davlat ulushini sotish jarayoni uzaytirildi

Savdo jarayoni 2024-yil noyabr oyida boshlangan
Foto: ilixe48 / Depositphotos.com

«Oʻzagrosanoatloyiha» MCHJ ustav kapitalidagi 94,9 foiz davlat ulushini ochiq savdolarda sotish jarayonini 4-fevralgacha uzaytirdi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) xabar berdi.

Ushbu muddatdan oldin agentlik qiziqish bildirish (Expression of Interest) uchun arizalarni qabul qiladi. «Oʻzagrosanoatloyiha»ning asosiy faoliyati — fermerlar uchun agrokorxonalar va obyektlarni loyihalashtirish.

Eslatib oʻtamiz, savdo jarayoni 2024-yil noyabr oyida boshlangan boʻlib, xususiylashtirishni amalga oshirish uchun Abrau Capital konsalting kompaniyasi jalb etilgan.

Maʼlumot uchun, 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida «Oʻzagrosanoatloyiha»ning tushumi 3 mlrd soʻmdan oshib, daromadi 467,6 mln soʻmga yetgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ikki investor Uz Chasysʼni sotib olishga qiziqish bildirgani haqida yozgan edi.