Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari va planshetlarining 25 ta modeli Xitoydan tashqarida HyperOS 2 operatsion tizimiga ega boʻldi. Bu haqda ixbt.com nashri kompaniyaga tayanib, xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Xiaomi kompaniyasi ikki oy oldin oʻz qurilmalari uchun Android 14 va Android 15 asosida ishlab chiqilgan HyperOS 2 operatsion tizimini tarqatishni boshlagan edi. Bugungi kunga kelib, allaqachon yangi interfeysga ega boʻlgan qurilmalar soni 25 tani tashkil qiladi.
HyperOS 2 tizimiga faqat interfeys yangilanishidan tashqari, tizimning umumiy ishlash samaradorligini oshirish va foydalanuvchilar uchun qulaylikni ta’minlash maqsadida bir qator yangi funksiyalar taqdim etiladi. Bunga sun’iy intellekt yordamida takomillashtirilgan vazifalar, ilovalararo sinxronlash va yaxshilangan xavfsizlik kiradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S21, S23 va A54 uchun muhim yangilanishlar chiqarilgani haqida xabar bergan edi.