Oʻzbekiston Xitoydan foydalanilgan avtomobillarni xarid qilishda faollik koʻrsatmoqda

12-yanvar 2025 18:07 eʼlon qilindi

Aleksandr Ten

Aleksandr Ten

Muxbir a.ten@kursiv.media
Foto: Romaset / Depositphotos.com

2024-yilda Xitoydan eksport qilingan 400 mingta foydalanilgan avtomobilning qariyb yarmi Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Rossiyaga yetkazib berilgan. Bu haqda Yaponiyaning Nikkei agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Xitoy oʻtgan yil ishlatilgan avtomobillar eksportini 45 foizga oshirib, rekord koʻrsatkichni qayd etdi.

Nikkei ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilda Xitoy yangi avtomobillar yetkazib berish hajmi boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinni egallab, Yaponiyani ortda qoldirdi. Oʻshanda Xitoy chet elga 4,91 million avtomobil yetkazib bergan boʻlib, bu 2022-yilga nisbatan 57,9 foizga koʻp.

Oʻtgan yilning 11 oyi davomida Oʻzbekiston xorijdan $1,18 milliardlik 68,6 ming dona avtomobil sotib oldi. Yetkazib berishlarning asosiy qismi Xitoyga toʻgʻri keldi – 55,7 ming dona. Janubiy Koreyadan – 11,2 ming, AQShdan esa 633 ta avtomobil import qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Captiva Rossiyada Oʻzbekistonga qaraganda 15 foizga qimmatroq sotilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek