Yangiliklar

Oʻzbekiston dunyo armiyalari reytingida yetti pogʻona koʻtarildi

58-o‘rindan joy oldi
Foto: Bumble-Dee / depositphotos.com

Global Firepower tahliliy agentligi tomonidan har yili e’lon qilingan dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida Oʻzbekiston 58-oʻrindan joy oldi.

Ma’lum qilinishicha, bu yil mamlakat oʻtgan yilgi natijaga nisbatan 7 pogʻonaga koʻtarildi. Qozogʻiston Markaziy Osiyoning eng kuchli armiyasiga aylandi va 57-oʻrinni egalladi. Turkmaniston 77-oʻrinni, Qirgʻiziston 105-oʻrinni, Tojikiston esa 108-oʻrindan joy oldi.

Roʻyxatda an’anaviy ravishda AQSh yetakchilik qilgan bo‘lsa, Butan qirolligi esa oxirgi oʻrinni egallaydi.

Ma’lumot uchun, Global Firepower – amerikalik bloger Daniel Puchek tomonidan yaratilgan mamlakatlarning harbiy kuchlari reytingi. Indeksda 50 xil harbiy, demografik, moliyaviy, logistika va geografik omillar hisobga olingan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun bir qator yangi taqiqlar belgilangani haqida xabar bergan edi.