Toshkentdan Sankt-Peterburgga uchgan samolyot Moskvaga yoʻnaltirildi
eʼlon qilindi
Noqulay ob-havo sababli

Uzbekistan Airwaysʼning Toshkent – Sankt-Peterburg reysi noqulay ob-havo sabab Moskva aeroportiga qoʻndi. Bu haqda «Novosti Tashkentskogo Neba» Telegram kanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkent – Sankt-Peterburg yoʻnalishi boʻyicha uchgan reysi Moskvadagi Vnukovo (VKO) zaxira aeroportiga yoʻnaltirildi.
Ekipaj noqulay ob-havo sharoiti va Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroportining qor bilan qoplanib, vaqtincha yopilishi sababli zaxira aeroportga qoʻnish haqida qaror qabul qilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Utairʼning Samarqandga uchayotgan samolyoti Moskvada favqulodda qoʻnish qilgani haqida xabar bergan edi.