Karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar roʻyxati tasdiqlandi

eʼlon qilindi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi qarori bilan
Foto: Dacha.avgust.com

Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega zararli organizmlar roʻyxati tasdiqlandi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2022-yil 12-martdagi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotdi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida uchramaydigan oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlar:

I. Zararkunandalar – 95 nomdagi.

II. Oʻsimlik kasalliklari:

  1. Zamburugʻ kasalliklari – 17 turdagi.
  2. Nematodalar – 13 tur.
  3. Bakterial kasalliklar – 17 turdagi.
  4. Virus kasalliklari – 32 turdagi.

III. Begona oʻtlar – 36 nomdagi.

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida tarqalgan oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlar:

1. Zararkunandalar – 8 turdagi.

2. Begona oʻtlar – 3 turdagi.

3. Virus kasalliklari – 1 turdagi.

Toʻliq roʻyxat bilan qonunchilik bazasida tanishib chiqish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalashi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek