Raqobat qoʻmitasi 18 trln soʻmlik konsentratsiya bitimlarini ma’qulladi

eʼlon qilindi
Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi
Foto: everythingposs / depositphotos

2024-yilda Raqobat qoʻmitasi tomonidan iqtisodiy konsentratsiya bilan bogʻliq 139 ta murojaat koʻrib chiqildi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.

Murojaatlarning 31 tasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimlarni ma’qullash, 108 tasida esa kompaniyalardagi yirik ulushlar yoki aksiyalar paketlarini sotib olishni kelishish haqida soʻz borgan.

Ushbu murojaatlarning 96 tasi ma’qullangan, 37 tasi rozilik talab etilmaydigan bitimlar, 6 tasi rad etilgan. Rozilik berilgan bitimlar eng koʻpi savdo va xizmatlar (22), qurilish sohasiga (15), IT va elektron platformalarga (9), energetika (7) va sanoat (6) sohasiga toʻgʻri keladi.

Umumiy hisobda 18 trln soʻmlik bitimlarga rozilik berildi. Shundan 3,1 trln soʻmi yoki 17 foizdan ziyodi xorijiy investorlar hissasiga toʻgʻri keldi.

Konsentratsiya boʻyicha bitimlarni kelishish sotib olinayotgan aksiyalar ulushi, kompaniyalar tushumi va qiymatiga bogʻliq. Shuningdek, agar tomonlardan biri bozorda ustun mavqega ega boʻlsa, qoʻmita ruxsati talab etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Raqobat qoʻmitasi Yandex Goʻga taksi xizmatlari narxini pasaytirish majburiyatini yuklagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek