Yangiliklar

Raqobat qoʻmitasi Ucell kompaniyasini jarimaga tortdi

Bu haqda qoʻmita axborot xizmati xabar berdi
Foto: araratour.com

Raqobat qoʻmitasi reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan Coscom (Ucell) kompaniyasiga nisbatan moliyaviy jarima qoʻlladi. Bu haqda qoʻmita axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, olib borilgan monitoringlarda Coscom tomonidan ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan reklamalarda boʻrttiruvchi maʼno ifodalanganlik holatlari aniqlandi.

Kompaniyaga nisbatan «Reklama toʻgʻrisida»gi qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qoʻzgʻatilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatma berildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan onkologik kasalliklarni davolashga oid reklama joylagan MCHJ jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edi.