Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi yana rekord darajani qayd etdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
9,35 soʻmga oshdi
21-yanvar kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 9,35 soʻmga oshib, 12 984,44 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur koʻrsatkich dollar uchun rekord hisoblanib, 21-yanvar kuni qayd etilgan (12 975,09 soʻm) rekordni yangiladi.
Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarni 12 915 – 12 940 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12980 – 13 040 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Shu bilan birga, yevro 69,36 soʻmga oshib, 13 442,79 soʻmga yetdi, Rossiya rubli esa 2,27 soʻmga oshib, 129,90 soʻmga teng boʻldi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi rekord darajani qayd etgani haqida xabar bergan edi.