2024-yilda O‘zbekistonda jami 424,8 ming dona avtomobil ishlab chiqarildi

22-yanvar 2025 10:40 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: haval.uz

2024-yilda O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati tomonidan jami 424,8 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2024-yilda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil modeli Cobalt bo‘lib, 164,8 ming dona ishlab chiqarildi. Undan keyin Damas (101,9 ming dona) va Tracker (45,9 ming dona) joylashdi.

Shuningdek, Onix modeli 41,6 ming dona ishlab chiqarilgan bo‘lsa, Kia avtomobillari 19,3 ming, Lacetti-Gentra 12,8 ming donani tashkil etdi. Chery va Haval mos ravishda 6,3 ming va 2,4 ming dona ishlab chiqarilgan.

BYD avtomobillarining ishlab chiqarish hajmi 4 ming donani tashkil etdi, Lada esa faqat 6 dona ishlab chiqarildi. Maxsus yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 25,4 ming donaga yetdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan o’tgan yilda ikkilamchi avtomobil bozorida narxlar qanday o‘zgargani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek