Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti 2025-yilda 5,8 foizga oʻsadi – Jahon banki
eʼlon qilindi
Ma’lumotlar Jahon bankining hisobotida e’lon qilingan
Joriy yilda Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti 5,8 foizga oʻsishi kutilmoqda. Bu haqda Jahon bankining «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» hisobotida ma’lum qilindi.
Moliya institutining prognoziga koʻra, 2026-yilda Oʻzbekiston iqtisodiyoti 5,9 foizga oʻsadi.
Bank ekspertlari 2025 – 2026-yillarda jahon iqtisodiyoti 2,5-2,7 foizga oʻsishini kutmoqda.
Oʻtgan yilning noyabr oyi oxirida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublika yalpi ichki mahsuloti birinchi marta $100 milliarddan oshgani haqida xabar bergan edi. Davlatimiz rahbari bu koʻrsatkich besh yilda ikki baravarga oshganini qoʻshimcha qilgan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mirziyoyev hokimlarga investitsiyalar samaradorligini oshirish boʻyicha topshiriq bergani haqida yozgan edi.