Sirdaryoda WULING N111 mikrovenlarini ishlab chiqarish boshlandi – narxlari qanday

24-yanvar 2025 12:45 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Temur Djanzakov

Temur Djanzakov

Muxbir t.jonizoqov@kursiv.media
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

WULING N111 mikrovenini Oʻzbekistonda oldindan buyurtma qilish mumkin boʻldi. Avtomobilning narxi 126 million so‘mni tashkil etadi, deb xabar berdi Asaka Motors savdo bo‘limi Kursiv Uzbekistan muxbiriga.

Shuningdek, siz besh yil muddatga avtomobilni kreditga olishingiz mumkin. Eng kam boshlang‘ich to‘lov umumiy qiymatining 30 foizini tashkil etadi – 37,8 million so‘m.

Eslatib o‘tamiz, WULING N111 Sirdaryo viloyatida ishlab chiqarila boshlandi. Mikrovenning yo‘lovchi sig‘imi yetti kishi.

WULING N111 dvigatelining quvvati 82 ot kuchiga teng. Yangi mikrovenning yoqilg‘i sarfi 100 km uchun 6,3 litrni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun: Damas narxi 93,1 million so‘m, avtomobilning dvigatel quvvati 38 ot kuchiga teng. Shu bilan birga, avtomobil 100 km ga 7 litr benzin sarflaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilda O‘zbekistonda jami 424,8 ming dona avtomobil ishlab chiqarilgani haqida xabar bergan edi. Shuningdek, qanday foiz stavkalarida va qanday tartibda avtokredit rasmiylashtirish mumkinligi haqida ham yozgan edik.

Shuningdek