7 – 14 fevral kunlari Xitoyning Xarbin shahrida bo‘lib o‘tadigan IX qishki Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etadi. Avvalroq mamlakat sportchilarining musobaqada qatnashishi noma’lum bo‘lib turgan bo‘lsa, kecha musobaqaning rasmiy saytida respublika Milliy olimpiya qo‘mitasiga oid ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Olamsport nashri ma’lum qildi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston hozircha 6 sport yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi sportchilarni ro‘yxatdan o‘tkazgan:
- Konkida uchish: Danila Semerikov
- Short-trek: Denis Ayrapetyan, Daniil Yeybog
- Figurali uchish: Dmitriy Chigirev, Yekaterina Geynish, Niginabonu Jamoliddinova, Sevinch Rahimova, Azizmurod Shabazov
- Tog‘ chang‘isi: Arman Gayupov, Nikita Gorkovskiy, Kseniya Grigoreva, Valeriya Kovaleva, Mariya Morozova, Medet Nazarov, Sabina Rejepova, Komiljon To‘xtayev
- Biatlon: Dilmurod Abduraxmanov, Rolan Raimqulov
- Chang‘i alpinizmi: Maxsudjon Akobirov, Moxinur Aralova, Feruza Boboqulova, E’zozbek Xushvaqtov, Shoxrux Sardorov, Jasur Shamshiddinov, Asila Shoyimova, E’zoza Shaymardonova
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Komiljon Toʻxtayev «Xarbin – 2025» qishki Osiyo oʻyinlarida medal uchun kurashishi haqida xabar bergan edi.