Javohir Sindarov Bibisara Assaubaevani tabrikladi

29-sentabr 2026 08:45 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Javohir Sindarov Bibisara Assaubaevani tabrikladi
Foto: Instagram/ Sindarov

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Assaubaevani Samarqandda o‘tgan 2026-yilgi Jahon shaxmat olimpiadasida kumush medal qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi.

Sindarov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Asaubaevaning medal bilan tushgan suratini joylashtirib, unga «Tabriklayman» deb yozdi.

Qozog‘iston ayollar terma jamoasi ikkinchi bo‘ldi

Samarqanddagi olimpiadada Asaubaeva Qozog‘iston ayollar terma jamoasi safida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Qozog‘iston jamoasi musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Sindarov ham medal oldi

Javohir Sindarov esa O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bilan Jahon shaxmat olimpiadasi g‘olibiga aylandi. Bundan tashqari, u ikkinchi taxtadagi natijasi uchun individual bronza medalini ham qo‘lga kiritdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Javohir Sindarov Samarqanddagi olimpiadadan qancha pul ishlab topgani haqida yozgan edi.

Shuningdek