Qirgʻizistonning Xitoy bilan chegarasidagi ikkita oʻtish punkti Xitoyda Yangi yilini nishonlash (bahor bayrami) munosabati bilan vaqtincha yopiladi. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik qoʻmitasi Chegara xizmati xabar berdi.
«Torugʻart – avtoyoʻl» va «Irkeshtom – avtoyoʻl» punktlari 29-yanvar kuni faoliyatini toʻxtatadi. 1-fevraldan avtomobillarni nazorat-oʻtkazish punkti orqali oʻtkazish qayta tiklanadi.
Ikki punkt ham Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyatida joylashib, oʻzbekistonliklar tomonidan foydalaniladi.
Bahor kelishi Xitoydagi asosiy bayramlardan biridir. Xitoyda dam olish kunlari 28-yanvardan 4-fevralgacha davom etadi. Bu davrda aksariyat korxonalar, muassasalar va davlat organlari ishlamaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilda Oʻzbekiston budjetiga bojxona yigʻimlaridan tushumlar 8 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.