Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari muhim yangilanish qabul qildi

27-yanvar 2025 17:22 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi yanvar oyida xavfsizlikni mustahkamlash va tizim barqarorligini yaxshilashga qaratilgan yangilanishni taqdim etdi. Android OS va HyperOS interfeysida ishlab chiqilgan ushbu yangilanish ko‘plab zaifliklarni bartaraf etadi. Bu haqda Mobile Telco nashri ma’lum qildi.

Yangilanish Xiaomi, Redmi va Poco brendlarining quyidagi modellari uchun taqdim etilgan:

  • Redmi Note 13 4G NFC;
  • Redmi Note 12 Pro;
  • Redmi Note 12 Pro+ 5G;
  • Redmi 14C;
  • Poco C75;
  • Redmi A3 Pro;
  • Xiaomi 14;
  • Xiaomi 14 Ultra;
  • Redmi Note 13;
  • Xiaomi 14T;
  • Xiaomi 14T Pro;
  • Redmi K80 Pro;
  • Redmi K80;
  • Redmi 13C;
  • Poco C65.

Xavfsizlik yamoqlari quyidagi planshet modellarida ham mavjud:

  • Redmi Pad SE 8.7 4G;
  • Redmi Pad SE;
  • Xiaomi Pad 6.

Yangilanish tizim xavfsizligini oshirish bilan birga qurilmalarni yanada barqaror ishlashga yordam beradi. Foydalanuvchilarga eng yangi dasturiy ta’minotni o‘rnatish tavsiya etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi Redmi Note 14 seriyasini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek