Oʻzbekistondan eksport yuk tashishlarga talab 48 foizga oʻsdi

eʼlon qilindi
2024-yil yakunlariga ko‘ra
Foto: pumba1/Depositphotos

2024-yil davomida ATI.SU birjasida Oʻzbekistondan eksport yuklarini tashish boʻyicha arizalar soni 48 foizga oshdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistanʼga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya hisob-kitoblariga koʻra, mamlakatdan yuklarni yetkazib berish narxlari 6 foizga oshdi.

«Koʻp jihatdan eksport yuk tashishga talabni Rossiya ta’minladi, u buyurtmalarning umumiy soni boʻyicha yetakchilik qilmoqda. Bu yoʻnalishda birja foydalanuvchilarining faolligi 56 foizga oʻsdi», – deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Belarus va Qozogʻistonga yuk tashishga boʻlgan talab mos ravishda 85 foiz va 67 foizga oshdi.

Import yuk tashishlarda esa pasayish kuzatildi – buyurtmalar soni 4 foizga, narxlar 3 foizga kamaydi. Rossiyadan yuk tashish talabining 10 foizga qisqarishi bu jarayonga ta’sir koʻrsatdi, ammo Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻizistondan yuk tashish faolligi oʻsib, bozorni barqaror saqladi.

Shuningdek, ichki yuk tashishlar boʻyicha buyurtmalar 66 foizga oshdi. Bu oʻsish mamlakatda zamonaviy yuk tashish platformalarining rivoji bilan bogʻliq.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Oʻzbekiston temir yoʻllari» yuk tashish tariflarini 30 foizga oshirishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek