Toshkentda tikuvchilik korxonasida yongʻin yuz berdi
eʼlon qilindi
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda
Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi tikuvchilik korxonasining omborida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Uchtepa tumani, «Taqachi» MFY Taqachi koʻchasidagi tikuvchilik korxonasi omborida yongʻin yuzasidan xabar 27-yanvar kuni soat 21:33 da kelib tushgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga soat 21:40 da yetib borib, yongʻinni 22:22 da qurshab olib, 01:41 da oʻchirishgan.
Hodisa oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Turkiyadagi changʻi kurortida yuz bergan yongʻin 76 kishining hayotiga zomin boʻlgani haqida xabar bergan edi.