O‘zbekiston Türk Havacılık ve Uzay Sanayii (TUSAŞ) kompaniyasi bilan Anka Siha jangovar dronlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi, deb xabar beradi Savunmasanayist portali.
Manbaga ko‘ra, dronlarning yetkazib berilishi yaqin kunlarda boshlanadi, biroq shartnoma tafsilotlari oshkor qilinmagan.
Anka Siha droni 30 soat davomida havoda qolish qobiliyatiga ega bo‘lib, 350 kg yuk ko‘tarishi mumkin. U turbodizel aviatsiya dvigateli bilan jihozlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Migratsiya agentligi Turkiya kompaniyasi bilan oʻzbekistonliklarni ishga joylashtirish boʻyicha kelishuvga erishgan edi.