Zeekr dunyo bozorlariga tezlik bilan kirib bormoqda: 40 dan ortiq mamlakatlar, 500 dan ziyod doʻkonlar

29-yanvar 2025 12:35 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Zeekr

Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchisi Zeekr dunyo bozorlariga tez sur’atlar bilan kirib bormoqda. Hozirda kompaniya Shvetsiya, Daniya, Fransiya, Norvegiya, Isroil, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Tailand, Gonkong va boshqa 40 dan ortiq mamlakatlar va hududlarda oʻz faoliyatini olib bormoqda. Zeekr, shuningdek, Shvetsiyaning Gothenburg shahrida joylashgan xorijiy ilmiy-tadqiqot markazi va global dizayn markazini boshqaradi. Bu haqda CarNewsChina nashri ma’lum qildi.

Kompaniya 2025-yilga kelib xorijda 100 ta savdo doʻkoni va 70 ta xizmat koʻrsatish markazini ochishni rejalashtirmoqda. Sidney, Gonkong, Bangkok va Dubay kabi yirik shaharlarda Zeekr 15 ta flagman doʻkon qurishni maqsad qilgan. Hozirgi vaqtda kompaniyaning dunyo boʻylab 538 ta doʻkoni mavjud boʻlib, u Yevropa, Okeaniya, Lotin Amerikasi va Afrikada oʻz faoliyatini kengaytirmoqda. Bundan tashqari, Zeekr Janubiy Koreya bozoriga kirishni rejalashtirmoqda, u yerda Hyundai va Kia kabi mahalliy ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilmoqda.

Xalqaro bozorlarga chiqishdan tashqari Zeekr xorijiy bozorlar uchun moslashtirilgan avtomobillarni ishlab chiqmoqda. Masalan, 2025-yilning ikkinchi choragida Xitoy va Yevropada Zeekr 007 GT modelining yangi universal versiyasi taqdim etilishi kutilmoqda.

27-yanvar kuni Zeekr xorijda jami 15 mingta avtomobil yetkazib berganini e’lon qildi, yubiley mashinasi Avstraliyaga yetkazildi. Kompaniya Xitoydan tashqarida birinchi marta 2023-yilda savdolashishni boshlagan va birinchi xorijiy bozor Shvetsiya boʻlgan.

2024-yilda Zeekr 222,1 ming ta avtomobil sotdi, bu oʻtgan yilga nisbatan 87% koʻproq.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Zeekr 007 GT 2025-yilda Yevropada sotuvga chiqishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek