O‘zbekiston Kongo DRni mag‘lub etishi mumkinmi — prognoz

25-iyun 2026 17:46 eʼlon qilindi

Svyatoslav Polyakov

Svyatoslav Polyakov

Direktor o'rinbosari s.poliakov@kursiv.uz
Kollaj: Kursiv Uzbekistan, Bild-muharrir: Matochenko Andrey

Polymarket prognoz platformasi O‘zbekiston terma jamoasini Kongo DRga qarshi ushrashuvda autsayder deb hisoblamoqda.

25-iyun holatiga ko‘ra, ishtirokchilar Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasining g‘alaba qozonish ehtimolini 55-56% deb baholayotgan bo‘lsa, O‘zbekistonning imkoniyatlari esa atigi 21-22% ni tashkil etadi. Treyderlar durang natija ehtimolini taxminan 23-24 foiz deb hisoblamoqda.

Ekran tasviri saytdan

Ushrashuv bozori bo‘yicha savdolar hajmi $180 mingdan oshdi, bu platforma ishtirokchilarining uchrashuvga bo‘lgan qiziqishini ko‘rsatadi. Kotirovkalar dinamikasiga ko‘ra, so‘nggi kunlarda treyderlarning Kongo jamoasining muvaffaqiyatiga ishonchi ortdi, O‘zbekistonning g‘alaba qozonish ehtimoli esa, aksincha, kamaydi.

Kongo va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 28-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonliklar uchun bu uchrashuv guruhdan chiqish uchun so‘nggi imkoniyat bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi JCh-206 guruh bosqichidagi ikkita o‘yinda Kolumbiya va Portugaliyaga imkoniyatni boy bergandi.

Polymarket — bu jamoaviy taxminlar maydoni bo‘lib, unda foydalanuvchilar turli voqealar uchun shartnomalarni sotib oladi va sotadi. Platformada aks ettirilgan foizlar bozor ishtirokchilarining kutilmalari ko‘rsatkichi hisoblanadi, biroq o‘yin natijasining rasmiy bashorati hisoblanmaydi.

Shuningdek