Freedom Bank 2025-yilning bahor oylarida Tojikistonda raqamli bank ochadi. Bu haqda Freedom Holding Corp. rahbari Timur Turlov ma’lum qildi.
Timur Turlovning ta’kidlashicha, mamlakatdagi bank sektorining umumiy aktivlari atigi $2 mlrd.ni tashkil qiladi, naqd pulsiz operatsiyalar ulushi esa bor-yo‘g‘i 20% ni tashkil etadi.
U, shuningdek, kompaniyaning ushbu loyihani amalga oshirish uchun ajoyib jamoaga ega ekanini qayd etdi.
Ma’lumot uchun, Freedom Bank Tojikistonda bank faoliyati yuritish uchun 2024-yilning oktabr oyida litsenziya oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Freedom Pay va CAFA Markaziy Osiyoda fintex va blokcheyn yechimlarini rivojlantirish uchun kuchlarni birlashtirgani haqida yozgan edik.