Navro‘z munosabati bilan poytaxtdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

eʼlon qilindi
Bayram bo‘ladigan ko‘chalar va unga tutash hududlar
ko'cha ta'miri
Navro‘z munosabati bilan poytaxtdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi / Foto: Rambler

Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkent shahridagi bir qator ko‘chalarda avtoulovlar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda poytaxtdagi Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlari hokimliklari ma’lum qildi.

Foto: Chilonzor tumani hokimligi

20-mart kuni soat 15:00 dan boshlab Chilonzor tumanidagi Al-Xorazmiy ko‘chasining aylanma yo‘l qismidan 2-Qatortol ko‘chasigacha bo‘lgan qismi vaqtincha yopiladi va 21-mart kuni soat 24:00 gacha transport harakati cheklanadi.

Shuningdek, 20-mart kuni soat 18:00 dan boshlab Mirzo Ulug‘bek tumani O‘zbekiston ovozi ko‘chasining Shastri va Sodiq Azimov ko‘chalari bilan kesishgan joyidan Shahrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismi ham vaqtincha yopiladi. Bu cheklovlar 21 – 22-mart kunlari davomida to‘liq amal qiladi.

Foto: Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi

21 – 22-mart kunlari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «O‘zbekiston ovozi» 24/7 turizm ko‘chasida Navro‘z umumxalq bayrami nishonlanadi. Shu munosabat bilan bayramga tayyorgarlik ko‘rish va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston ovozi ko‘chasi va unga tutash ko‘chalarda avtoulovlar harakati vaqtincha cheklanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanishi haqida yozgan edik.

Shuningdek