Yangiliklar

Litva o‘zbekistonlik haydovchi va avtomexaniklarni ishga taklif qiladi

Dastlab 200 nafar o‘zbekistonlik o‘qitiladi
Foto: Pixabay.com

O‘zbekiston delegatsiyasi Litvaning «Sanoatchilar konfederatsiyasi» rahbari va a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.

Unda o‘zbekistonlik fuqarolarni Litvada rasmiy tartibda ishga joylashtirish hajmini oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Litvada haydovchi va avtomexaniklarga talab yuqori ekani ta’kidlandi. Ushbu ehtiyojni qondirish maqsadida O‘zbekistonda «Girteka» va «TVG Groupe» kompaniyalari bilan hamkorlikda maxsus o‘quv markazlari tashkil etiladi. Dastlab 200 nafar o‘zbekistonlik o‘qitilib, Litvadagi bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtiriladi.

«Girteka» kompaniyasida 4 mingta yuk mashinasi bo‘lsa, «TVG Groupe» parkida 800 ta transport vositasi mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda eng ko‘p ish o‘rni yaratgan «TOP – 10» korxonalar haqida yozgan edik.