Oʻzbekiston farmatsevtika bozori 2024-yilda 13 foizga oʻsdi

eʼlon qilindi
STADA ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: Unsplash

2024-yil sentabr holatiga koʻra, Oʻzbekiston farmatsevtika bozori yillik 13 foiz oʻsishni tashkil etib, 20,3 trln soʻmga yetdi. Bu haqda OʻzA STADA farmatsevtika kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, respublikada dori vositalari savdosining 98 foizi chakana savdo orqali amalga oshiriladi va retseptura dori vositalarining ulushi esa 70 foizga yetadi.

Oʻtgan yilning sentabr oyi yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston farmatsevtika bozorida KRKA 3,5 foiz, Stada 3,1 foiz va «Yuriya-Farm» 3 foiz ulush bilan yetakchilik qildi, deya ta’kidladi Proxima Research.

Dori-darmonlarga Toshkent aholisi koʻproq pul sarflagan. Respublika boʻyicha barcha dori vositalari savdosining 31,4 foizi poytaxt hissasiga toʻgʻri keldi. Shuningdek, dori vositalarini Toshkent viloyatida – 9,1 foiz va Samarqand viloyatida – 8,9 foiz faol xarid qilgan.

Illyustratsiya: Proxima Research

Dori vositalarini sotib olish uchun eng kam xarajatlar Sirdaryo viloyatida qayd etilib, umumiy savdo hajmining 1,4 foizini tashkil qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yilning aprel oyi boshidan Oʻzbekistonda import qilingan antibiotiklarga bojlar joriy etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek