Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri ogʻir atletika federatsiyasi raisi etib saylandi

eʼlon qilindi
Foto: O‘zA

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sherzod Hidoyatov Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasining yangi raisi boʻldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Milliy olimpiya qoʻmitasida federatsiyaning 2024-yilgi faoliyat yakunlari va 2025-yil rejalari muhokama qilingan hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Sherzod Hidoyatov federatsiya rahbarligiga saylandi.

Sherzod Hidoyatov 1980-yil 20-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1998-yilda Oliy xoʻjalik sudining Tashkiliy-nazorat boshqarmasida boshlagan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston ogʻir atletika terma jamoasi jahon chempionatida kuchli uchlikdan joy olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek