“Humo” Qozogʻistonning “Nomad” klub ustidan g‘alaba qozondi

1-fevral 2025 23:22 eʼlon qilindi

Shahzoda Sultonova

Shahzoda Sultonova

Muxbir
Foto: Shahzoda Sultonova / Kursiv Uzbekistan

Toshkentning «Humo» xokkey klubi Qozogʻistonning «Nomad» xokkey klubi ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi, deya xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.

Uchrashuv bugun, 1-fevral kuni poytaxtdagi «Humo Arena»da boʻlib oʻtdi va unga 5,7 mingdan ortiq tomoshabin tashrif buyurdi.

Birinchi boʻlimda Toshkent jamoasi darvozasiga «Nomad» oʻyinchisi Ali Kasenov gol urdi. Biroq koʻp oʻtmay «Humo» hisobni tenglashtirdi, qozogʻistonliklar darvozasiga birinchi shaybani Denis Ludzsev yoʻlladi.

Ikkinchi boʻlimda Andrey Pavlenko «Nomad» darvozasini ishg‘ol qilib, «Humo»ni oldinga olib chiqdi. Keyinchalik Vyacheslav Litovchenko uchinchi golni urib, «Humo»ning ustunligini mustahkamladi.

Oʻyinning yakunida anʼanaviy «oʻyinchoq yomgʻiri» boʻlib oʻtdi. Tomoshabinlar yumshoq oʻyinchoqlar bilan muz maydonini toʻldirishdi. Keyin ular bemorlar va kam taʼminlangan bolalar oʻrtasida taqsimlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Humo» sakkiztagacha rossiyalik oʻyinchisini naturalizatsiya qilish niyatida ekani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek