Oʻzbekiston YOIIning bojxona tranziti yagona tizimiga qoʻshilishi mumkin

eʼlon qilindi
Bu haqda 31-yanvar kuni Olmaotada bo‘lib o‘tgan Yevrosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida bosh vazir Abdulla Aripov ma’lum qildi
Foto: «Mir24»

Oʻzbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) va uchinchi tomonlarning bojxona tranziti yagona tizimiga qoʻshilish masalasini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 31-yanvar kuni Olmaotada boʻlib oʻtgan Yevrosiyo hukumatlararo kengashi yigʻilishida bosh vazir Abdulla Aripov ma’lum qildi.

Shuningdek, Aripov Oʻzbekiston va YOII oʻrtasida tarif va notarif cheklovlarini oʻzaro asosda qoʻllamaslik bitimiga tayyorligini bildirgan. U mamlakat sanoat tarmoqlaridagi kooperatsiya loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini koʻrib chiqishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirgan. Aripov qishloq xoʻjaligida innovatsiyalarni joriy etish va barqaror oziq-ovqat ta’minotini ta’minlash zarurligini ma’lum qildi.

Ma’lumot, uchun, bojxona tranziti tizimi boʻyicha bitim 2023-yil noyabrida tasdiqlanib, 2024-yil 26-dekabrda imzolangan

Avvalroq Kursiv Uzbekistan YOII davlatlari fuqarolari Oʻzbekistonga kirishi osonlashishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek