Vazirlar Mahkamasi «Bojxona yig‘imlari stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida» 55-son qarorini qabul qildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yig‘imlarning stavkalari rasmiylashtirish xarajatlari asosida belgilandi.
Asosiy o‘zgarishlar quyidagicha:
- Eksport va import uchun yig‘im stavkalari muvofiqlashtirildi.
- Ish vaqtidan tashqari bojxona rasmiylashtirish yig‘imi 8 barobarga kamaytirildi.
- Qayta ishlash rejimi uchun yig‘im 2 barobarga pasaydi.
- Dastlabki deklaratsiya uchun 20% chegirma joriy qilindi.
- Tranzit bojxona yig‘imi BHMning 25% miqdorida belgilandi.
- Xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun har 1 kg yukga BHMning 2% yig‘im undiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq telefonni bojxona orqali qanday olib kirish va UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish kerakligi haqida yo‘riqnoma e’lon qilgan edik.