Ferrari joriy yilning 9-oktabr kuni Italiyadagi Maranello bazasida o‘zining birinchi to‘liq elektr avtomobilini taqdim etadi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.
Kompaniya bosh direktori Benedetto Vinyaning so‘zlariga ko‘ra, yangi model «o‘ziga xos va innovatsion tarzda» namoyish etiladi.
Bu elektr avtomobil Ferrari’ning 2024-yilda chiqarilishi rejalashtirilgan oltita yangi modelidan biri bo‘ladi. Kompaniya 2025-yilda daromadini kamida 5% ga oshirishni ham maqsad qilgan.
Ferrari 2019-yildan beri gibrid modellarni ishlab chiqarmoqda va 2023-yilda ularning savdosi umumiy avtomobil sotuvlarining 51% ini tashkil etdi. Xitoy bozoridagi elektr transport vositalariga bo‘lgan yuqori talab Ferrari uchun yangi imkoniyatlar yaratishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BYD Denza N9 mart oyida sotuvga chiqadi, oldindan buyurtmalar fevral oyida boshlanishi haqida yozgan edik.