Olimjon Zokirov Uzcard ijrochi direktori lavozimini tark etdi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
U UCMG'ga o‘tdi

Joriy yilning yanvar oyi oxirida Olimjon Zokirov Uzcard ijrochi direktori lavozimidan ketgan edi. Xabar kompaniya saytida e’lon qilindi.
Zokirov Uzcardʼdan ketganidan soʻng toʻlov tizimi va boshqa kompaniyalarni boshqaradigan UCMG’ga oʻtdi. U yerda Zokirov tijorat direktori lavozimida ishlaydi.
Uzcard kompaniyasi manfaatlarini UCMG bosh direktori David Melikidze himoya qilishini ta’kidladi.
Eslatib oʻtamiz, toʻlov tizimi mamlakatimiz moliya sektoriga sun’iy intellektni joriy etishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uzcard Qirgʻizistonning «Elkart» tizimi bilan integratsiyalashuvni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.