Yangiliklar

Ko‘p qavatli binolarda isitish tizimi qo‘shnilarning qarzlari uchun o‘chirilmaydi – Veolia Energy

Avvalroq bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlar tarqalgan edi
Фото: Julian Hochgesang / Unsplash

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi qo‘shnilarning qarzi tufayli ko‘p qavatli uylarda issiq suv va issiqlik ta’minoti to‘xtatilgani haqidagi ma’lumotni rad etdi. Bu haqdagi xabar kompaniyaning Telegramdagi kanalida e’lon qilindi.

Kompaniya isitishning majburiy o‘chirilishi haqidagi xabarlarni yolg‘on deb atadi. Veolia Energy Tashkent rasmiy axborot manbalaridan foydalanishga va yolg‘on xabarlar tarqatmaslikka chaqirdi.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yilda Oʻzbekistonda uy-joy kommunal xoʻjaligi, suv, elektr energiyasi, gaz va boshqa turdagi yoqilgʻi narxlari 38,1 foizga oshgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2030-yilga borib Toshkent viloyati to‘liq ichimlik suvi bilan ta’minlanishi haqida xabar bergan edi.