2024-yilda isteʼmolchilarga 1 trln soʻmdan ortiq keshbek toʻlandi

eʼlon qilindi
Eng koʻp keshbek Toshkent shahrida qayd etildi
Foto: Soliq qo‘mitasi

2024-yilda Oʻzbekistonda 1 milliard chek boʻyicha isteʼmolchilarga 1 trillion soʻmdan ortiq keshbek qaytarildi, deb xabar berdi Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati.

Taʼkidlanishicha, dekabr oyida 89,2 milliard soʻm tasdiqlangan. Eng koʻp keshbek Toshkent shahrida qayd etilib, umumiy summa 412,2 milliard soʻmni tashkil qildi. Yetakchilar qatorida Toshkent viloyati (107,1 milliard soʻm) va Samarqand viloyati (93,2 milliard soʻm) ham bor.

Infografika: Soliq qo‘mitasi

Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida esa koʻrsatkichlar nisbatan past boʻlib, mos ravishda 15,5 milliard va 22,5 milliard soʻmni tashkil etdi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda isteʼmolchilarga toʻqqiz oyda 717,8 mlrd soʻm keshbek toʻlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek