![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-246-1024x683.png)
Xitoyning Xarbin shahrida o‘tayotgan qishki Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan short-trekchimiz Daniil Yeybog yana ikki yo‘nalishda startga chiqib, chorak finalga yo‘l oldi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
500 metr masofada u saralash bosqichini 41,143 soniyada yakunlab, o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi. 1000 metr masofada esa sportchimiz 1 daqiqa 29,268 soniya natija qayd etib, yana ikkinchi bo‘ldi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Xarbin – 2025» Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekistonning tarkibi e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.