Oʻzbekistonda Ai-80 benzini sotuvini cheklashga tayyorgarlik koʻrilmoqda

eʼlon qilindi
Prezidentning 30-yanvar kuni qabul qilingan farmoniga ko‘ra
Foto: AndrewLozovyi / Depositphotos

Oʻzbekistonda 2025-yil oxirigacha Ai-80 benzini savdosini bosqichma-bosqich cheklash rejalashtirilmoqda. Prezidentning 30-yanvar kuni qabul qilingan farmoniga koʻra, bu jarayonda barcha kuch va resurslar safarbar etiladi.

Shuningdek, aholining sifatli, ekologik toza va arzon yonilgʻi bilan ta’minlanishi ta’kidlangan.

Yil yakuniga qadar issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar mazutdan yonilgʻi sifatida foydalanishni toʻliq toʻxtatishi belgilangan. Faqatgina Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishilgan ayrim holatlar bundan mustasno boʻladi.

Mazkur chora-tadbirlar «Oʻzbekiston – 2030» strategiyasi doirasida «Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili» davlat dasturi asosida amalga oshirilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yil oxirigacha Ai-80 benzining sotuvi cheklanishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek