Yangiliklar

Ombudsmanga eng ko‘p murojaat qaysi viloyatlardan tushgan

2024-yilda Ombudsmanga jami 23 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan
Foto: Piter2121 / www.depositphotos.com

«Milliy tiklanish» partiya fraksiyasi yig‘ilishida Ombudsman faoliyati muhokama qilindi. Bu haqda partiya axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024-yilda Ombudsmanga jami 23 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning 45,4 foizi xotin-qizlardan, 54,6 foizi esa erkaklardan kelgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p murojaatlar Qashqadaryo, Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatlaridan tushgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mamlakatda Ombudsman vakolatlari kengaytirilishi haqida xabar bergan edi.