![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-403-1024x777.png)
Oʻzbekiston amputantlar terma jamoasi Bangladeshda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida chempionlikni qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekiston terma jamoasi guruh bosqichida Indoneziyani 8:1, Nepalni 13:0 va Bangladeshni 3:0 hisobida yengib, yarim finalga yoʻl oldi. Yarim finalda esa Iroqni 3:0 hisobida magʻlub etib, finalga chiqdi.
Finalda Oʻzbekiston terma jamoasi Indoneziya ustidan 6:0 hisobida gʻalaba qozondi. Shu tariqa Oʻzbekiston qit’a chempionatidagi barcha oʻyinda yirik hisobda gʻalaba qozonib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Avvalroq Oʻzbekiston amputantlar terma jamoasi Osiyo chempionati finaliga chiqqani haqida xabar bergan edi.