![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-376-1024x682.png)
O‘zbekistonda olimlarning 48% ini ayollar tashkil etadi. Bu haqda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston olima ayollari forumidagi chiqishida ma’lum qildi.
«Raqamlarning o‘zi aytib turibdi: O‘zbekistonda olimlarning 48 foizi ayollar! Ularning izlanishlari, kashfiyotlari va fidoyiligi ilhom baxsh etadi va ilm-fan ularga, ular esa ilm-fanga kerakligini ko‘rsatadi», – deya ta’kidladi Mirziyoyeva.
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/image-377-1024x682.png)
Saida Mirziyoyeva, shuningdek, ilm-fanda ayollarni qo‘llab-quvvatlash mamlakat uchun ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.
«Biz xalqaro hamjamiyat bilan ilm-fan tinchlik va farovonlikka xizmat qiladigan kelajakni bunyod etish yo‘lida birgalikda harakat qilamiz!», – dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyeva JSTga a’zolik jarayoni boʻyicha ma’lumot bergan edi.