
Joriy hafta Realme GT 7 Pro Racing Edition taqdimoti boʻlib oʻtadi, smartfon Snapdragon 8 Elite bazasidagi eng arzon qurilma boʻladi, deb xabar berdi Digital Chat Station insayderi.
Ta’kidlanishicha, smartfon 16 GB LPDDR5X tezkor xotirasi va 512 GB UFS 4.1 bilan jihozlangan. Qurilma yorqinligi 6000 nit va diskretlash chastotasi 2600 Gs boʻlgan 6,78 dyuymli 8T LTPO OLED-ekranga ega boʻladi. Smartfon noyob tekstura va toʻq koʻk rangga ega Neptune Exploration eksklyuziv rangida taqdim etiladi.

Shuningdek, asosiy kamera 50 va 8 megapikselli ikkita moduldan iborat bo‘ladi. 6500 mA/soat sigʻimli batareya 120 Vt quvvat bilan tez zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Vivo X200 Pro dunyodagi eng kuchli smartfon deb topilgani haqida xabar bergan edi.