2024-yilda Oʻzbekistonga qancha telefon import qilingani ochiqlandi
![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/01/pexels-aksbykas-14979027-edited-1024x768.jpg)
Oʻzbekistonga 2024-yilda xorijdan qariyb 4,2 mln dona mobil telefon import qilindi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, import qilingan telefonlarning umumiy qiymati $374,5 mlnni tashkil qilgan. Importning asosiy qismini Xitoy tashkil qilib, yil davomida mazkur davlatdan 3,4 mln dona telefon olib kelingan.
Shuningdek, Vyetnamdan (589,4 ming), Hindistondan (113,6 ming), Gonkongdan (46,1 ming) va Boshqa davlatlar (5,4 ming) telefonlar import qilingan.
Taqqoslash uchun 2023-yilda Oʻzbekiston xorijdan qiymati $240,1 million teng boʻlgan 3,4 million dona mobil telefon import qilgan. Bu esa 2024-yilda import hajmi 23,5 foizga oshganini koʻrsatadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan telefonni bojxona orqali qanday olib kirish va UzIMEI tizimida roʻyxatdan oʻtkazish kerakligi haqida maqola tayyorlagan edi