Samsung $110lik Galaxy F06 5G bilan arzon smartfonlar bozoriga kirib keldi

13-fevral 2025 16:29 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: mirroni / depositphotos.com

Samsung arzon smartfonlar bozorida yangi standart o‘rnatdi. Yangi Galaxy F06 5G atigi $110 bo’lib, juda kuchli xususiyatlarni taqdim etadi. Ushbu qurilma MediaTek Dimensity 6300 platformasida ishlaydi va AnTuTu testida 400 000 dan ortiq ball to‘plagan. Bu haqda GSMArena ma’lum qildi.

Foto: Samsung

Smartfon 4 yoki 6 GB tezkor xotira va 128 GB doimiy xotiraga ega bo‘lib, 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyator va 25 Vt tez zaryadlash texnologiyasi bilan ta’minlangan. Bu avval faqat flagmanlarda uchraydigan xususiyat edi.

Foto: Samsung

Shuningdek, Galaxy F06 5G 50 MP asosiy kamera hamda 6,7 dyuymli HD+ IPS displeyga ega. Eng e’tiborlisi – Samsung bu modelga to‘rt yil davomida Android yangilanishlarini taqdim etishini e’lon qildi. Bu esa arzon segmentdagi smartfonlar uchun juda kam uchraydigan hodisa.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Galaxy S26 avtonomlik bo‘yicha rekord o‘rnatishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek