Avtomobilga gaz ballon o‘rnatish uchun ruxsatnomani endi onlayn olish mumkin

14-fevral 2025 16:21 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Ssuaphoto / www.depositphotos.com

Endilikda my.gov.uz orqali avtomobilga gaz ballon o‘rnatish uchun ruxsatnomani olish mumkin.

Faqatgina onlayn ariza to‘ldirib, uni Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga (YHXX) yuborish kifoya. Qolgan jarayonni YHXX xodimlari amalga oshiradi.

Arizangiz ko‘rib chiqilgach natijasi my.gov.uz dagi shaxsiy kabinetingizga yuboriladi.
Xizmat narxi 112 500 so‘m (0,3 BHM).

Gaz ballon o‘rnatishga ruxsat olishning yangi soddalashtirilgan tartibi haqida videoqo‘llanmada batafsil tanishing!

Avvalroq Kursiv Uzbekistan mast holda transport vositasini boshqargan 31,3 ming nafar haydovchi jazolangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek