
BMW kompaniyasi 2025-yilda yangilangan X3 krossoverini taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yangi modelning g‘ildirak bazasi 111 mm.ga uzaytirilgan bo‘lib, u endi BMW X5 bilan bir xil uzunlikka ega – 2975 mm. Bu o‘zgarish orqa o‘rindiqlarda ko‘proq joy va qulaylikni ta’minlaydi. O‘rindiq uzunligi 65 mm.ga uzaytirilgan, egilish burchagi esa 4° ga kengaytirildi.

Salonida 12,3 dyuymli raqamli ko‘rsatkich paneli va 14,9 dyuymli markaziy displey mavjud. U BMW iDrive 9 tizimida ishlaydi. Dvigatel variantlari 2,0 litrli turbodvigatel bilan 190 va 258 ot kuchiga ega bo‘lib, to‘liq haydov tizimi xDrive bilan jihozlangan. Yangi platformaning ishlash samaradorligi sezilarli darajada yaxshilangan.

BMW X3 2025 modeli $48 ming atrofida boshlang‘ich narxda taqdim etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMW X3 2025 dilerlarga yetib kelgani haqida yozgan edik.