Taniqli insayder iPhone 17 Pro’ning dizayni haqida ma’lumot berdi – video

14-fevral 2025 18:17 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Skrinshot

Yangi iPhone 17 Pro shu yilning kuzida taqdim etilishi kutilmoqda va bu smartfonning yangiliklari allaqachon internetda tarqaldi. Front Page Tech kanali muallifi Jon Prosser tomonidan e’lon qilingan yuqori sifatli tasvirlar va videolar orqali yangi modelning dizayni haqida ma’lumotlar oshkor bo‘ldi.

iPhone 17 Pro o‘zining yangi uchburchak shakldagi orqa kamerasi bilan ajralib turadi. Kameralar burchaklari yumaloq bo‘lib, ular yangi to‘rtburchaklar shaklidagi kamera panelida joylashtiriladi. Kamera bloki kattalashgan va o‘ziga xos dizaynga ega bo‘lib, modullar chap tomonda, LED chirog‘i, orqa mikrofon va LiDAR skaneri esa o‘ng tomonda vertikal ravishda joylashtirilgan.

Bundan tashqari, iPhone 17 Pro ikki rangli qoplamaga ega bo‘ladi, bunda kamera paneli orqa panelga qaraganda ancha quyuqroq bo‘ladi. Yangi dizayn nafaqat iPhone 17 Pro, balki iPhone 17 Pro Max modelida ham kutilmoqda.

Mish-mishlarga ko‘ra, yangi iPhone 17 Air modeli ham chiqarilishi mumkin. Bu modelda orqa tomonida gorizontal kamera paneli bo‘ladi, lekin faqat bitta kamera mavjud bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Apple 19-fevral kuni yangi gadjetini namoyish etishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek