Samsung Galaxy S25 Ultra tezlik bo‘yicha iPhone 16 Pro Max’dan oldinda, biroq avtonomiya bo‘yicha tenglashdi

14-fevral 2025 10:27 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Phonearena.com

Samsung Galaxy S25 Ultra Snapdragon 8 Elite tufayli ilovalar va o‘yinlarni ishga tushirish tezligida iPhone 16 Pro Max’dan oldinda ekanligi allaqachon ma’lum edi. Endi PhoneBuff mutaxassislari ushbu ikkita flagmanning batareya quvvatini solishtirib ko‘rishdi.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, iPhone 16 Pro Max rasmiy g‘olib deb topilgan bo‘lsa-da, ikkala qurilma orasidagi farq atigi 11 daqiqani tashkil etdi. 12 soatlik ekran vaqti fonida bu juda kichik tafovut, ya’ni amalda natija teng chiqdi.

E’tiborli jihati, ba’zi sinovlarda har ikkala smartfon ham turli vazifalarda turlicha energiya sarf qilgan. Samsung Galaxy S25 Ultra 5000 mA/soat, iPhone 16 Pro Max esa 4685 mA/soat akkumulyatorga ega bo‘lishiga qaramay Apple smartfoni optimallashtirish hisobiga batareya quvvatini samaraliroq ishlata oldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ultra yupqa Samsung Galaxy S25 Edge rasman e’lon qilinmasdan oldin o‘z imkoniyatlarini namoyish etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek