«Manchester Siti» «Nyukasl» ustidan g‘alaba qozondi

15-fevral 2025 22:06 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: premierleague.com

Angliya Premyer ligasining 25-turida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Nyukasl» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi – 4:0. Husanov maydonda to‘liq daqiqalarda harakat qildi.

Uchrashuv qahramoni jamoaning yangi a’zosi Omar Marmush bo‘ldi. U mazkur bahsda xet-trik qayd etib, «shaharliklar» g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri ma’lum qildi.

Foto: premierleague.com

Shuningdek, «Siti» darvozaboni Ederson ham o‘ziga xos natijaga erishdi. U Marmushning birinchi goliga assistentlik qilib, APL tarixida golli uzatma bergan darvozabonlar orasida yangi rekord o‘rnatdi.

Foto: premierleague.com
Foto: premierleague.com

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Husanov «Nyukasl»ga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek