Samsung Galaxy A36 renderlarda namoyon bo‘ldi

15-fevral 2025 14:20 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Evan Blass

Samsung’ning kelayotgan o‘rta segmentdagi smartfoni – Galaxy A36 yuqori sifatli renderlarda namoyon bo‘ldi. Dizayni Galaxy A56 ga o‘xshash bo‘lib, asosiy o‘zgarish kamera blokining yagona monolit shaklda bo‘lishidir. Bu haqda Android Police nashri ma’lum qildi.

Smartfon 4 xil rangda – oq, binafsha, qora va yashil ranglarda taqdim etiladi. 6,6 dyuymli Full HD+ OLED-ekran va 120 Gts yangilanish chastotasi bilan ta’minlanadi. Unda Qualcomm Snapdragon 6 Gen 3 protsessori, 8 GB operativ xotira va Android 15 asosidagi One UI 7.0 interfeysi ishlaydi.

Foto: Evan Blass

Galaxy A36 asosiy kamerasi 50 MP bo‘lib, 6 yil davomida yangilanishlarni qo‘llab-quvvatlaydi. U Galaxy A56 bilan birga 2025-yil mart oyida taqdim etilishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung $110lik Galaxy F06 5G bilan arzon smartfonlar bozoriga kirib kelgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek