
BYD Song dunyoning eng ko‘p sotilgan 5 ta yengil avtomobillaridan biriga aylandi. Bu haqda IXBT ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, reytingda Tesla Model Y, Toyota RAV4, Honda CR-V va Hyundai Tucson yetakchilik qilmoqda.
Tesla Model Y sotuvlari 1,09 mln.ni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,2% kamroq. Ikkinchi o‘rinda Toyota RAV4 joylashib, sotuvlar hajmi 1,02 mln.ni tashkil etdi (+10,7%). Uchinchi o‘rinda Honda CR-V joylashdi, sotuvlar hajmi 738 315 (+4,2%) ni tashkil etdi. Ushbu model 2010 – 2015 yillarda segmentda yetakchi bo‘lgan.
Shuningdek, to‘rtinchi o‘rinda Hyundai Tucson joylashib, sotuvlar hajmi 609 122 ta (-2,8%) ni tashkil etdi, undan keyin esa BYD Song 2 pog‘ona yuqorilab, 574 351 ta sotilgan avtomobillari bilan (+45,3%) beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Oltinchi o‘rinda Volkswagen Tiguan joylashib, 543 037 dona sotildi (+10,5%), Kia Sportage esa 2 pog‘ona pastlab, 537 947 ta mashina sotdi (+5,3%). Honda HR-V 382 839 dona (+8,8%) va Mercedes GLC 358 320 dona (+26,6%) bilan keyingi o‘rinlarni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BYD Denza N9 mart oyida sotuvga chiqadi, oldindan buyurtmalar fevral oyida boshlanishi haqida yozgan edik.