Yangiliklar

Buyuk Britaniya Ukrainaga qoʻshin yuborishga tayyorligini bildirdi

Starmerning ta’kidlashicha, London Ukraina xavfsizligini ta’minlashda yetakchi rol o‘ynashni maqsad qilgan
Foto: depositphotos.com

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer tinchlikparvarlik missiyasi doirasida Britaniya qoʻshinlarini Ukrainaga yuborishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda u 16-fevral kuni The Telegraph gazetasida chop etilgan maqolasida ma’lum qilgan.

Starmerning ta’kidlashicha, London Ukraina xavfsizligini ta’minlashda yetakchi rol oʻynashni maqsad qilgan. Buyuk Britaniya allaqachon Ukraina armiyasini qoʻllab-quvvatlash uchun yiliga 3 milliard funt ajratmoqda va agar kerak boʻlsa, oʻz qoʻshinlarini joylashtirishga tayyor.

Shuningdek, Britaniya bosh vaziri bu qaror nafaqat Ukraina kelajagi, balki butun Yevropa xavfsizligi bilan bogʻliq. Shu bilan birga, u NATO davlatlarini mudofaa xarajatlarini kuchaytirishga va Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi.

Starmer bu mavzuni Donald Tramp bilan uchrashuvda, shuningdek, 17-fevral kuni Parijda Yevropa yetakchilari va NATO bosh kotibi Mark Ryutte ishtirok etadigan Ukraina boʻyicha favqulodda sammitda muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilda Ukrainani qancha odam tark etgani haqida xabar bergan edi.