Samarqandda ikki tonna yaroqsiz goʻsht mahsulotining iste’molga kirishi oldi olindi
eʼlon qilindi
Tekshiruv natijasida 2 tonna mol go‘shti borligi aniqlandi

Bulung‘ur tumanidagi «Yuqori nuqta» nazorat maskanida Namangan – Samarqand yo‘nalishida harakatlanayotgan «Shineray T30» yuk mashinasi to‘xtatildi. Tekshiruv natijasida 2 tonna mol go‘shti borligi aniqlandi.
Aniqlangan go‘sht mahsulotlarining «Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi» xodimlari tomonidan tekshirilganda iste’molga yaroqsizligi ma’lum boʻlgan va mutasaddilar tomonidan tegishli tartibda iste’mol bozoriga kirishi oldi olingan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqandda mebel ustaxonasi noqonuniy mayning bilan shug‘ullangani haqida yozgan edi.